SUN'IY INTELLEKTNING SHAXSIY MUVAFFAQIYAT VA KASBIY RIVOJLANISHGA TA'SIRI: IMKONIYATLAR VA CHEKLOVLAR
Authors/Creators
- 1. O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti
Description
Ushbu maqolada sun’iy intellektning shaxsiy muvaffaqiyat va kasbiy rivojlanishga ta’siri tahlil qilinadi. Sun’iy intellekt (SI) texnologiyalari inson faoliyatining turli sohalarida, jumladan, ta’lim, mehnat bozori, boshqaruv va shaxsiy rivojlanish jarayonlarida muhim o‘rin egallamoqda. Tadqiqotda SI vositalarining shaxsiy muvaffaqiyatni qo‘llab-quvvatlashdagi imkoniyatlari, jumladan, o‘quv jarayonini shaxsiylashtirish, kasbiy ko‘nikmalarni tezlashtirish va ijodiy salohiyatni rivojlantirishdagi ijobiy jihatlari ko‘rsatib o‘tiladi. Shu bilan birga, avtomatlashtirish natijasida kasb-hunarlarning qisqarishi, insoniy qadriyatlarning ikkinchi planga tushishi, shuningdek, psixologik bosim va ijtimoiy tengsizlik kabi cheklovlar ham ko‘rib chiqiladi. Maqolada xalqaro tajribalar asosida sun’iy intellektning inson muvaffaqiyatiga qo‘shayotgan hissasi va uning kasbiy rivojlanishdagi istiqbollari yoritiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, sun’iy intellekt insonning raqobatbardoshligini oshiruvchi muhim vosita bo‘lishi bilan birga, uni nazoratsiz qo‘llash shaxsiy va ijtimoiy xavf-xatarlarni ham keltirib chiqarishi mumkin.
Files
22.pdf
Files
(362.0 kB)
| Name | Size | Download all |
|---|---|---|
|
md5:1bcb5351f05e02d4fa9b5c3e4fd69ba1
|
362.0 kB | Preview Download |