PSIXIK BUZILISHLARNI TAHLIL QILISHDA SUNʼIY INTELLEKT: KLINIK AMALIYOTGA QANDAY INTEGRATSIYALASH MUMKIN?
Description
Ushbu maqolada psixik buzilishlarni aniqlash, tashxislash va monitoring qilish jarayonlarida sunʼiy intellekt (SI) texnologiyalarining klinik amaliyotga integratsiyasi masalalari keng yoritiladi. Sunʼiy intellektning, ayniqsa, mashina oʻrganish algoritmlari, tabiiy tilni qayta ishlash metodlari va generativ modellarning psixiatriya va klinik psixologiyada qoʻllanilishi, diagnostika aniqligini oshirish va individual davolash rejasini shakllantirishda yangi imkoniyatlarni taqdim etadi. Shu bilan birga, ushbu texnologiyalarni klinik muhitda samarali joriy etish uchun axloqiy va huquqiy masalalar, bemor maʼlumotlarining maxfiyligini taʼminlash, shifokorlarning texnologiyalarga tayyorgarligi hamda inson omilining saqlanishi kabi muhim qirralar muhokama qilinadi. Maqolada shuningdek, koʻp modal maʼlumotlardan foydalanish, model izohlanishi va shaffofligi kabi zamonaviy yondashuvlar orqali SI tizimlarining ishonchliligini oshirish yoʻllari koʻrib chiqiladi. Tadqiqot natijalari psixik buzilishlarni tahlil qilishda SI texnologiyalarini klinik amaliyotga samarali integratsiya qilish uchun zarur boʻlgan strategiyalarni belgilaydi.
Files
14.pdf
Files
(296.6 kB)
| Name | Size | Download all |
|---|---|---|
|
md5:a7e4032a660ab7d994b25c9fc9c7ac5e
|
296.6 kB | Preview Download |