Published October 13, 2025 | Version v1

MUSHTARAK MEROS VA ADABIY UYG'UNLIK: O'ZBEK VA UYG'UR ADABIY ALOQALARI MISOLIDA (XX ASR BOSHLARI)

  • 1. Oriental Universiteti dotsenti, PhD. Tel: 90-185-69-13, shkarimova1984@gmail.com

Description

Mazkur maqolada XIX asrning ikkinchi yarmi  XX asr boshlarida Shinjongdagi adabiy muhit va bunda  yashab ijod qilgan uyg‘ur-o‘zbek shoirlarining adabiy faoliyati, merosi va o‘zbek adabiyotiga yaqinligi, mushtarak jihatlari tekshirildi. Mazkur maqolada XX asr boshlarida Sharqiy Turkistonda yuz bergan adabiy jarayonlar, ayniqsa, o‘zbek va uyg‘ur xalqlari o‘rtasidagi adabiy-madaniy aloqalarning shakllanishi va rivojlanishi tahlil etiladi. Tarixiy va ijtimoiy omillar fonida yuzaga kelgan adabiy uyg‘onish, shoir va yozuvchilarning ijodiy hamkorligi, milliy uyg‘onish va xalqparvarlik g‘oyalarining adabiyotdagi ifodasi ilmiy asosda ko‘rib chiqiladi. Uyg‘ur va o‘zbek adabiy merosining mushtarak jihatlari, til va ruhiy-ma’naviy yaqinlik asosida rivojlangan ijodiy integratsiya jarayonlari tadqiq etilib, adabiy aloqalarning badiiy-estetik va ijtimoiy falsafiy ildizlari yoritiladi. Maqola, ikki xalq adabiy tafakkurini qiyosiy o‘rganish orqali ularning umumiy madaniy merosini chuqurroq anglashga xizmat qiladi.

Files

276-280.pdf

Files (530.2 kB)

Name Size Download all
md5:6b373215eec3895079bb24dd65861a58
530.2 kB Preview Download