TARJIMALARDA TIL VA USLUB MASALALARI: TARJIMONLAR TAJRIBASI VA MUAMMOLAR
Authors/Creators
- 1. https://orcid.org/0000-0001-9868-599X Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Garb tillari kafedrasi dotsenti Tel: 99.0116106
Description
Mazkur maqolada Xolid Xusayniyning “Togʻlar ham sado berdi” asarining Munira Norova tomonidan amalga oshirilgan tarjimasi misolida badiiy tarjimada til va uslub masalalari tahlil qilinadi. Avvalo, muallifning o‘ziga xos uslubiy xususiyatlari va ularni tarjimada qay darajada saqlash mumkinligi masalasi ilmiy nuqtai nazardan yoritiladi. Asarda qo‘llanilgan metaforalar, xalqona iboralar, intertekstual unsurlar, milliy kolorit va madaniy realiyalarni o‘zbek tiliga ko‘chirishda tarjimon duch kelgan qiyinchiliklar hamda ularning yechim yo‘llari tahlil etiladi. Maqolada tarjimonning ijodiy yondashuvi, muallif matnining ruhini va obrazlarning individual nutqiy xususiyatlarini saqlab qolishdagi izlanishlari alohida ko‘rsatib beriladi. Tadqiqot natijalari o‘zbek tarjimachiligida badiiy asarlarning yuqori darajada tarjima qilinishida tarjimonning til sezgirligi va uslubiy mahorati muhim omil ekanligini tasdiqlaydi.
Files
193-197.pdf
Files
(337.7 kB)
| Name | Size | Download all |
|---|---|---|
|
md5:72c29728fd5a0e3f24e1ab7a9df844b4
|
337.7 kB | Preview Download |