ZAMONDAN OSHGAN SHE'RIYAT: ALISHER NAVOIY VA TAZKIRA SAHIFALARIDA ABADIYAT
Authors/Creators
- 1. Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ishlari boshqarmasi Huzurida "Ozarbayjon" nashriyoti bosh mutaxassisi, Boku, e-mail: b_heqiqet@mail.ru
Description
Maqsud Shayxzodaning “Tazkirachilik tarixidan (Alisher Navoiyning ozarbayjonlik tazkira yozuvchisi shogirdi haqida)” nomli asari Almaz Ulvi Binnatova tarjimasida ozarbayjon tilida chop etilgan [1]. Ushbu tadqiqotda Alisher Navoiyning adabiy dahosi, tazkirachilik an’analaridagi o‘rni, uning ijodining miqyosi va davrida erishgan obro‘sini yoritishga qaratilgan. Navoiy nafaqat lirik, balki epik ijodi bilan ham hali tirikligida mashhurlikka erishgan bo‘lib, bu shuhrat faqat Turkiston bilan cheklanmay, Hijoz, Nishapur, Isfahon kabi shaharlargacha yoyilgan edi. Ushbu asarda tadqiqotchi muallif Maqsud Shayxzoda Abulfaraj Ali ibn al-Husayn ibn Muhammad ibn Ahmad al-Qurashiy al-Isfahoniy (897–967) tomonidan tuzilgan “Kitab al-Aghoni” (“Qo‘shiqlar majmuasi”), Abu Mansur as-Saolibiy (961–1038)ning “Yatimat ad-dahr” (“Zamonaning durdonasi”), Ahmad ibn Umar ibn Ali Nizomiy Arouziy Samarqandiy (asl ismi: Nizomiy Arouziy Samarqandiy) (1110–1161)ning “Chahor maqola” (“To‘rt suhbat”), Nuriddin Muhammad Awfiy (1171–1233)ning “Lubab al-albab” (“Ko‘ngillarning mag‘zi”), Fariduddin Attorning “Tazkirat ul-awliyo”, Navoiy zamondoshi Davlatshoh ibn Alauddavla Samarqandiy (1438–1491)ning “Tazkirat ush-shuaro”, Abdurahmon Jomiyning “Nafahot ul-uns” va “Bahoriston” (asarining yettinchi bo‘limi – “gulshani” – shoirlarga bag‘ishlangan), Navoiyning “Majolis un-nafois” va “Nasoyim ul-muhabbat” asarlari haqida qisqacha to‘xtalib o‘tgach, muallif asosiy maqsadiga o‘tadi.
Maqsud Shayxzoda ushbu tadqiqotida Alisher Navoiy tazkira maktabining davomchisi hisoblangan ozarbayjonlik shogirdi – adib Sodiq bek Sodiqiy (Sodiqiy Kitobdor) asari misolida Sharq klassik tazkira an’anasi haqida so‘z yuritadi. Muallif ta’kidlaydiki, tazkiralar nafaqat adabiy ma’lumotlar to‘plami, balki davr she’riyatini tizimlashtirish va uni kelajak avlodlarga yetkazish nuqtayi nazaridan muhim manbadir. U tazkiralarning tuzilish tamoyillari va bo‘limlarini, ularning yozilish sabablarini hamda ularning tizimli xususiyatlarini sharhlab beradi.
Maqsud Shayxzoda Navoiy ta’sirining faqat o‘z davri bilan cheklanmaganini, balki umumturkiy adabiyot taraqqiyotida ulkan bir bosqich bo‘lganini umumlashtiradi. U bu ta’sirning Ozarbayjon adabiyotida Sodiq bek Sodiqiy (Sodiqiy Kitobdor) misolida qanday namoyon bo‘lganini tahlil qilib, Navoiy maktabining umumturkiy adabiy an’anadagi o‘rnini mustahkamlaydi.
Files
167-173.pdf
Files
(361.8 kB)
| Name | Size | Download all |
|---|---|---|
|
md5:39773bdc108386a2578bb99912726fe8
|
361.8 kB | Preview Download |