FORS TILIDA PAYT ERGASH GAPLI QO'SHMA GAPLARNING SINTAKTIK XUSUSIYATLARI
Authors/Creators
- 1. Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Eronshunoslik va avg'onshunoslik Oliy maktabi professori v.b., DSc Tel.: +99890 931-34-58 e-mail: dilakhmedova@mail.ru https://orcid.org/0000-0002-6248-6136
- 2. Oriental universitetti Tillar-1 kafedrasi katta oqituvchisi Tel.: +99890 353-22-01 e-mail: nazimbaeva@icloud.com
Description
Maqolada fors tilida payt ergash gapli qo‘shma gaplarning sintaktik xususiyatlari tahlil etiladi. Avvalo, qo‘shma gaplarning umumiy grammatik tabiati va ergash gaplarning bosh gapga nisbatan sintaktik munosabatlari yoritiladi. Shundan so‘ng, payt ergash gaplarning shakllanishida qo‘llaniladigan asosiy bog‘lovchilar tizimi, ularning semantik vazifalari hamda qo‘llanish doirasi izohlanadi. Tadqiqot jarayonida murakkab ergash gaplarda payt ergash gaplarning o‘rni, bosh gap bilan bog‘lanish usullari hamda kesim fe’llarining zamon va mayl xususiyatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, ke, ān vaqt-i-ke, bemahz-e ān-ke, piš az ān-ke kabi murakkab bog‘lovchilarning sintaktik vazifalari hamda ular gapning mazmuniy yaxlitligini ta’minlashdagi o‘rni ochib beriladi. Maqolada fors tilidagi payt ergash gaplarning boshqa ergash gap turlaridan farqlanuvchi jihatlari ham ko‘rsatib o‘tiladi. Tadqiqot natijalari fors tilining sintaktik tizimini chuqurroq o‘rganishga xizmat qilishi bilan birga, qo‘shma gaplarning ilmiy tasnifida muhim manba sifatida qo‘llanishi mumkin.
Files
67-71.pdf
Files
(503.1 kB)
| Name | Size | Download all |
|---|---|---|
|
md5:63ba9d25358423f920600446f30c69b6
|
503.1 kB | Preview Download |