DIALEKTOLOGIYA VA TILSHUNOSLIKDA SUN'IY INTELLEKTNING QO'LLANISHI
Authors/Creators
- 1. PhD, dotsent, O'zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar Universiteti https://orcid.org/0009-0006-2712-0450
Description
Mazkur maqolada aralash tillar hamda turli dialektlarni o‘rganishda sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarining o‘rni va foydasi yoritiladi. Arab tilining ko‘plab shevalari va ularning o‘zgaruvchan shakllari tadqiqotchilar uchun muayyan murakkabliklar tug‘dirishi ta’kidlanadi. Sun’iy intellekt yordamida dialektlar o‘rtasidagi tafovutlarni aniqlash, tarjimalarni amalga oshirish, talaffuzni to‘g‘rilash va til o‘rganish jarayonini shaxsiylashtirish mumkinligi ko‘rsatib o‘tiladi.
Shuningdek, aralash tillarni o‘zlashtirishda SI asosida yaratilgan innovatsion yondashuvlar – mashina o‘rganishi, tabiiy tilni qayta ishlash (NLP), nutqni tahlil qilish va virtual o‘qituvchi kabi tizimlar – jarayonni ancha yengillashtirib, samaradorligini oshirishi qayd etiladi. Arab tili dialektlarining xilma-xilligi va murakkabligi o‘quvchilar uchun maxsus moslashuvchan o‘quv dasturlarini talab qiladi. SI vositalari yordamida har bir foydalanuvchining individual ehtiyojiga mos keladigan va aralash tillarni puxta o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan metodik yondashuvlar ishlab chiqilishi ham ko‘rib chiqiladi.
Files
49-54.pdf
Files
(333.6 kB)
| Name | Size | Download all |
|---|---|---|
|
md5:108439f6864154a4481e84ab059aeed4
|
333.6 kB | Preview Download |