Published October 13, 2025 | Version v1

O'ZBEKISTON TASHQI SIYOSATINING BARQARORLIKKA QARATILGAN STRATEGIK MAQSADLARI

Authors/Creators

Description

Maqolada Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlik masalasi zamonaviy xalqaro munosabatlar nazariyasi doirasida kompleks tahlil qilingan. Tadqiqotda siyosiy barqarorlik konsepsiyasining realizm, liberalizm va konstruktivizm maktablari nuqtai nazaridan talqini, mintaqaviy barqarorlikka tahdid soluvchi ichki va tashqi omillar tizimli ravishda o‘rganilgan. Markaziy Osiyo davlatlarining mustaqillikka erishganidan keyingi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy transformatsiya jarayonlari, etnik va diniy omillarning ta’siri, suv-energetika resurslari muammosi, Afg‘onistondagi vaziyatning mintaqaviy xavfsizlikka ta’siri batafsil ko‘rib chiqilgan. Maqolada barqarorlikni ta’minlash mexanizmlari, ikki tomonlama va ko‘p tomonlama hamkorlik formatlari, mintaqaviy integratsiya jarayonlari va xalqaro tashkilotlarning roli ilmiy asosda baholangan. Globallashuv sharoitida Markaziy Osiyo geosiyosiy raqobat maydoniga aylanishi, yirik davlatlarning mintaqadagi strategik manfaatlari va ularning barqarorlikka ta’siri tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari Markaziy Osiyoda barqarorlikni ta’minlash uchun kompleks yondashuv, mintaqaviy hamkorlikni chuqurlashtirish va davlatlarning ichki islohotlarni davom ettirish zarurligini ko‘rsatadi.

Files

ZDAF 1610.pdf

Files (555.2 kB)

Name Size
md5:61d81b2ecc813bd183d02dd070688adb
555.2 kB Preview Download