BOSHLANG'ICH SINFLARDA SUN'IY INTELLEKTGA ASOSLANIB METAKOGNITIV MONITORINGNI TASHKIL QILISH
Description
Ushbu maqolada boshlang‘ich ta’limda metakognitiv monitoringni rivojlantirishda sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarining o‘rni va imkoniyatlari tahlil qilingan. Metakognitiv monitoring — o‘quvchilarning o‘z bilimlarini kuzatish, o‘zini baholash va o‘quv jarayonini ongli boshqarish qobiliyatidir. Tadqiqotda xalqaro ilmiy manbalar asosida (ResearchGate, NCSU, OSPI va boshqalar) SI vositalarining o‘quvchilarda o‘z fikrlash jarayonini tahlil qilish, xatolarni anglash va o‘z-o‘zini nazorat qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi samaradorligi o‘rganilgan. Tahlil natijalariga ko‘ra, SI asosidagi interaktiv dasturlar, virtual yordamchilar va adaptiv tizimlardan foydalanish boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida metakognitiv monitoringni shakllantirishga yordam beradi. Shu bilan birga, o‘qituvchilarning SI savodxonligi va metodik tayyorgarligi mazkur jarayonning muvaffaqiyatini belgilovchi muhim omil sifatida ta’kidlangan. Maqola yakunida SI texnologiyalarini ta’lim jarayoniga integratsiya qilish orqali o‘quvchilarning mustaqil o‘qish, refleksiya va ijodiy fikrlash kompetensiyalarini rivojlantirish istiqbollari ko‘rsatib berilgan.
Files
61.pdf
Files
(309.1 kB)
Name | Size | Download all |
---|---|---|
md5:e2311776450d8f548d5344d0200513f4
|
309.1 kB | Preview Download |