Published October 12, 2025 | Version v1
Publication Open

O'ZBEKISTONDA IQTIDORLI TALABALAR BILAN ISHLASH JARAYONIGA FINLYANDIYA TA'LIMI TAJRIBASINI TADBIQ ETISH IMKONIYATLARI

  • 1. ROR icon Nordic International University

Description

Mazkur maqolada O‘zbekistonda iqtidorli talabalar bilan ishlash jarayoniga Finlyandiya ta’limi tajribasini tatbiq etish imkoniyatlari keng qamrovda tahlil qilinadi. Tadqiqotda iqtidorli talabalar bilan ishlashning mavjud holati, ularni qo‘llab-quvvatlashning metodik va tashkiliy asoslari o‘rganildi hamda xalqaro tajribadan samarali foydalanish yo‘llari ko‘rsatib o‘tildi. Finlyandiya ta’lim tizimi, avvalo, shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvi, ijodkorlik va mustaqil fikrlashni rag‘batlantirishi, ta’lim jarayonida o‘quvchining qiziqish va ehtiyojlarini inobatga olishi bilan ajralib turadi. Ushbu yondashuvlarni O‘zbekiston sharoitida qo‘llash orqali iqtidorli yoshlarni rivojlantirish samaradorligini oshirish mumkinligi asoslab berilgan. Tadqiqotda, shuningdek, innovatsion texnologiyalar, zamonaviy pedagogik metodlar va hamkorlikka yo‘naltirilgan ta’lim amaliyotining ustuvor jihatlari ko‘rsatildi. Natijalar O‘zbekistonda iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlashning yanada samarali mexanizmlarini ishlab chiqishda ilmiy-amaliy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Files

48.pdf

Files (300.2 kB)

Name Size Download all
md5:148325968e7ca691fce2a4514be8c4ac
300.2 kB Preview Download