PEDAGOGLARNING INNOVATSION KOMPETENSIYALARINI SHAKLLANTIRISH NAZARIYASI
Description
Ushbu maqola oliy ta’lim muassasalari pedagoglarining innovatsion kompetensiyalarini shakllantirish nazariyasi, uning metodologik asoslari va amaliy tadbiqlari bilan bog‘liq masalalarni tahlil qiladi. Innovatsion kompetensiyalar — bu pedagogning zamonaviy ta’lim jarayonida kreativ, tizimli va texnologik yondashuvlarni qo‘llay olish qobiliyati sifatida tushuniladi. Maqolada pedagogik kompetensiyalarni shakllantirishning nazariy modellariga e’tibor qaratilgan, xususan: bilim, ko‘nikma va shaxsiy-sifat elementlari integratsiyasi. Shuningdek, innovatsion texnologiyalar, interaktiv metodlar, raqamli platformalar va ilmiy-tadqiqot faoliyati pedagoglarning professional o‘sishini rag‘batlantirishdagi ahamiyati o‘rganilgan. Tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, pedagoglarni innovatsion faoliyatga tayyorlash nafaqat bilim va malaka oshirish, balki ularning kreativ fikrlash, muammo yechish va zamonaviy texnologiyalarni amaliy qo‘llash qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan tizimli jarayon bo‘lishi kerak.
Files
33.pdf
Files
(331.7 kB)
| Name | Size | Download all |
|---|---|---|
|
md5:b3d08fd819868948cd053a58dc4e5527
|
331.7 kB | Preview Download |