Published October 11, 2025 | Version v1
Publication Open

KONSEPTUAL JADVAL VA GRAFIK ORGANAYZERLARDAN FOYDALANISH YUZASIDAN XORIJ TAJRIBALAR TALQINI VA QIYOSIY TAHLILI

  • 1. Andijon davlat universiteti

Description

Maqolada konseptual jadval va grafik organayzerlardan foydalanishning nazariy-metodologik asoslari hamda xorijiy ta’lim tizimlaridagi amaliyotlar tahlil qilinadi. Tadqiqotda AQSh, Finlyandiya va Janubiy Koreya tajribalarining o‘xshash va farqli jihatlari ilmiy nuqtayi nazardan ko‘rib chiqilib, ularning o‘quvchilarda tanqidiy, ijodiy va analitik tafakkurni rivojlantirishdagi o‘rni aniqlangan. Grafik organayzerlardan foydalanish ta’lim jarayonida bilimlarni mantiqiy tizimlashtirish, fanlararo aloqalarni mustahkamlash va mustaqil izlanish ko‘nikmalarini shakllantirishda muhim vosita ekani isbotlangan.

Xalqaro tadqiqotlar natijalariga tayanib, maqolada O‘zbekiston ta’lim tizimi uchun grafik orgonayzerlardan foydalanishning metodik tavsiyalari ishlab chiqilgan. Jumladan, ularni davlat ta’lim standartlariga integratsiya qilish, raqamli platformalarda qo‘llash va o‘qituvchilar malakasini oshirish bo‘yicha amaliy takliflar berilgan. Ushbu yondashuv o‘quvchilarda XXI asr ko‘nikmalarini (kritik tafakkur, kreativlik, hamkorlik va kommunikatsiya) shakllantirish imkonini berishi bilan ahamiyatlidir.

Files

21.pdf

Files (316.0 kB)

Name Size Download all
md5:5dec0d5a49ff76162cbc0273a5be2f4a
316.0 kB Preview Download