Published October 11, 2025 | Version v1
Publication Open

BARQAROR SIFAT UCHUN VAZIFAGA ASOSLANGAN TIL O'QITISH: XORIJIY YONDASHUVLAR VA O'ZBEKISTON OLIY TA'LIMIDA MOSLASHUV

  • 1. ROR icon Nordic International University
  • 2. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti

Description

Ushbu maqola O‘zbekiston oliy ta’limida barqaror sifatga erishishda vazifaga asoslangan til o‘qitishning imkoniyatlarini ko‘rsatadi. E’tibor B1–B2 darajadagi biznes va moliya yo‘nalishidagi ingliz tili kurslariga qaratilib, xalqaro tajriba va CEFR tavsiyalari mahalliy sharoitga qanday moslashtirilishi amaliy misollar bilan yoritiladi. Asosiy muammo shundaki, kuchli nazariy asoslar mavjud bo‘lsa ham, o‘quv dasturi, kurs rejasi va dars darajasidagi uzviylik yetishmaydi; natijada vazifalar maqsadga to‘liq bog‘lanmaydi, baholashning ochiqligi susayadi va o‘qituvchi tayyorgarligida farqlar paydo bo‘ladi. Tadqiqot aralash usullarni qo‘llaydi: pre/post natijalar, yozma va og‘zaki ishlar tahlili (analitik mezonlar asosida), dars kuzatuvlari hamda yarim tuzilmali suhbatlar. Real hayotga yaqin vazifalar — grafik va diagrammalarni sharhlash, manfaatdor tomonlarga qisqa xabar (memo) yozish, ixcham hisobot tayyorlash va muzokara mashqlari — talabalarning vazifa bajarish sifati, til birliklaridan foydalanish kengligi va aniqligi, matn hamda nutqning izchilligi va tinglovchiga mos uslubda so‘zlashishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Analitik mezonlar bahoni ochiq va tushunarli qildi, o‘qituvchiga esa aniq tahliliy fikr-mulohaza berishga yordam berdi. Xulosa shuki, barqaror sifat CEFRga bog‘langan vazifa dizayni, adolatli baholash va dars jarayonini muntazam tahlil qilib borish bir tizim sifatida ishlaganda ta’minlanadi. Amaliy tavsiyalar sifatida: siyosiy-me’yoriy hujjatlar bilan uyg‘unlashtirish, kurs darajasida tayyor vazifa-andozalarni joriy etish, baholash savodxonligi bo‘yicha muntazam treninglar tashkil etish, hamda baholash mezonlarini hamkasbiy tekshiruv va moslashtirib tekshirish orqali barqaror va ishonchli qilish taklif etiladi.

Files

19.pdf

Files (305.3 kB)

Name Size Download all
md5:f3bb84285d2cf91f44cfecfe5adf059e
305.3 kB Preview Download