YASSI IGNADONLI TRIKOTAJ MASHINALARINING TORTISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISHNING NAZARIY TAHLILI
Authors/Creators
- 1. Tashkent instituti of textile and light industry
Description
Yassi ignadonli trikotaj to‘quv mashinalar mahsulotlarni qism holatda alohida-alohida qilib to‘qiydi va bu jarayon ishlab chiqarishda chiqindilar miqdorini eng kam chiqaradigan mashinalardan biri hisoblanadi. Mashinaning imkoniyatlari yuqori bo‘lishi bilan bir qatorda uning kamchiliklari ham mavjud. Mashinada uchraydigan muammolardan biri bu to‘qish tizimidan-uning tortish tizimigacha bo‘lgan masofada. Ushbu masofada to‘qimalarni eni bo‘yicha qisqarishi kuzatiladi va qisqargan to‘qima tortish vallari orqali tortilishi natijasida to‘qimaning ikki chet ignalarga ortiqcha kuch ta’sir qiladi. To‘qima chetidagi halqalarning halqa ipi uzunliklari oshib, to‘qima markazidagi halqalarninig halqa ipi uzunliklariga nisbatan uzunroq bo‘lishi ma’lum. Natijada, mashinaning tortish vallaridan yechib olingan trikotaj to‘qimasining o‘rtasidagi halqalar bilan chetdagi halqalarning balandliklari har xil hosil bo‘lganligini ko‘rish mumkin. To‘qimani bitta qatoridagi halqalar balandliklarini bir teks to‘qilmasligi sifatsiz trikotaj to‘qima to‘qilishiga sabab bo‘ladi. Bu muammoni yechish maqsadida mashinaning tortish vallariga rezina qoplama qilindi. Rezina qoplama vallar ustiga ma’lum bir burchak ostida o‘rash orqali to‘qimalarning tortish davrida bir tekkis holatda tortilishi va ignalardagi kuch ta’sirini bir me’yorga keltirishga erishildi.
Files
65-76.pdf
Files
(640.5 kB)
| Name | Size | Download all |
|---|---|---|
|
md5:c57b4c17fc1901904c36f86aa98fa2cc
|
640.5 kB | Preview Download |