Raqamlashtirish muhitida umumta'lim maktablarida ta'lim sifatini oshirish
Authors/Creators
Description
Butun jahon miqyosidagi axborot tarmog‘i har qanday sohada axborotning hajmi va tezligidan qat’i nazar,
uni zarur miqdorda qabul qilish imkoniyatini yaratadi. Multimediya va internet texnologiyalarining paydo bo‘lishi umumta’lim
maktablarida ta’lim, tarbiya va muloqot jarayonlarida axborot texnologiyalaridan samarali vosita sifatida foydalanish
imkonini kengaytirdi. Axborot texnologiyalarining barkamol shaxsni rivojlantirish, mustaqil kasb tanlash, kasbiy jihatdan
o‘z-o‘zini shakllantirish va mahoratini oshirishdagi roli tobora ortib bormoqda. Shuningdek, ta’lim jarayonini hayot bilan
uyg‘unlashtirish, uni kelajakdagi kasbiy faoliyat bilan chambarchas bog‘lash imkonini beradi. Ushbu maqolada raqamli
texnologiyalarni tizimlashtirish va umumlashtirish orqali ta’lim sohasida ularning muhim o‘rni va rivojlantirish istiqbollari
bo‘yicha takliflar ilgari surilgan.