Ingliz tilini o'qitishda korpusga asoslangan yondashuv: nazariya va amaliyot
Authors/Creators
Description
Ushbu ishda ingliz tilini o‘qitishda korpusga asoslangan yondashuvning nazariy
asoslari va amaliy qo‘llanilish imkoniyatlari tahlil qilindi. Korpus lingvistikasi ta’lim
jarayonida til birliklarini real kontekstlarda o‘rganish, o‘quvchilarning nutqiy
kompetensiyasini rivojlantirish va o‘qituvchilarning metodik salohiyatini oshirishda
samarali vosita sifatida ko‘rib chiqildi. Chet el tajribasida korpuslarning keng qo‘llanilishi,
jumladan, British National Corpus va boshqa yirik loyihalar asosida olib borilgan
tadqiqotlar misolida yoritildi. Shuningdek, O‘zbekiston olimlarining ingliz tili ta’limida
korpus yondashuvini qo‘llash bo‘yicha tadqiqotlari, mavjud yutuqlar va muammolar ko‘rib
chiqildi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari misolida korpus texnologiyalarining afzalliklari,
ularni qo‘llashning real sharoitlari hamda yechim talab qiladigan jihatlar aniqlandi. Xulosa
qilib aytganda, korpusga asoslangan yondashuv ingliz tilini o‘qitishda zamonaviy va
samarali metod bo‘lib, o‘quvchilarning tilni chuqurroq va faol o‘zlashtirishiga yordam
beradi.
Files
Konferensiya-2025-OKTABR-1-qism-13-18.pdf
Files
(244.7 kB)
| Name | Size | Download all |
|---|---|---|
|
md5:d5fb2de0082444ead334d449b3e95af6
|
244.7 kB | Preview Download |