Published October 5, 2025 | Version v1
Journal article Open

BANKLARDA MUAMMOLI KREDITLAR BILAN ISHLASH SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO'LLARI (HAMKORBANK ATB MISOLIDA)

Description

Mazkur ilmiy maqola tijorat banklarida muammoli kreditlar (non-performing loans – NPL) bilan ishlash samaradorligini oshirish masalasiga bag‘ishlangan bo‘lib, “Hamkorbank” ATB misolida tahlil qilingan. Muammoli kreditlar banklarning moliyaviy barqarorligi, rentabelligi va mijozlar ishonchiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu bois ularni boshqarish va qaytarilishini ta’minlash bugungi kunda banklar oldida turgan eng dolzarb vazifalardan biridir. Maqolada muammoli kreditlarning paydo bo‘lish sabablari, “Hamkorbank” ATBda mavjud amaliyot, xalqaro tajriba va ilg‘or yondashuvlar o‘rganilgan.

Shuningdek, muammoli kreditlarni kamaytirishning samarali mexanizmlari sifatida kredit tahlilini chuqurlashtirish, raqamli monitoring tizimlarini joriy etish, restrukturizatsiya jarayonini soddalashtirish va kredit sug‘urtasidan keng foydalanish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari banklar faoliyatida risklarni kamaytirish, moliyaviy barqarorlikni mustahkamlash hamda mijozlar bilan hamkorlikni yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.

Files

32-37.pdf

Files (639.6 kB)

Name Size Download all
md5:0038bc20c35f0b0b3f2ed7347499bdec
639.6 kB Preview Download