Published October 4, 2025 | Version v1

SMETA TUZISHDA BUDJETDAN TASHQARI MABLAG'LARDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI

Description

Mazkur tezisda smeta tuzish jarayonida budjetdan tashqari mablag‘lardan foydalanishning iqtisodiy va amaliy ahamiyati yoritilgan. Hozirgi sharoitda davlat byudjeti mablag‘lari ko‘plab ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarni qamrab olishda yetarli bo‘lmay qolayotgan bir paytda, qo‘shimcha moliyaviy manbalarga tayanuvchi yondashuvlar dolzarb bo‘lib bormoqda. Smetani shakllantirishda budjetdan tashqari mablag‘larning jalb qilinishi qurilish, ta’lim, sog‘liqni saqlash va boshqa sohalarda loyiha samaradorligini oshiradi, moliyaviy yukni kamaytiradi hamda iqtisodiy resurslarning diversifikatsiyasini ta’minlaydi. Tahlillar natijasida aniqlanishicha, mahalliy budjetlarning qamrov doirasi cheklangan hollarda budjetdan tashqari mablag‘lar orqali muhim loyihalarni amalga oshirish mumkin bo‘lmoqda.

Files

1.90.pdf

Files (444.2 kB)

Name Size Download all
md5:b5a2290e19e04d43c1e3c6af30c32eac
444.2 kB Preview Download