Published October 4, 2025 | Version v1

MILLIY BARQAROR RIVOJLANISH MAQSADLARINI IQTISODIY XAVFSIZLIKDAGI O'RNI: 17 VA 18-MAQSADLAR TAHLILI

Description

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh Assambleyasi tomonidan 2015-yilda 17 ta Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM) va 169 vazifa qabul qilingan boʻlib, 2030-yilgacha ularga erishish dunyo hamjamiyati oldidagi muhim vazifaga aylandi.

BRM mamlakatlar uchun bir qator amaliy foydalar beradi. Ular ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik maqsadlarni birlashtiruvchi umumiy siyosatni taʼminlab, hukumatlarga oʻz siyosatlarni muvofiqlashtirish va resurslarni samarali yoʻnaltirish imkonini beradi va shu orqali kambagʻallikni qisqartirish, sogʻliq va taʼlimni yaxshilash hamda infratuzilmani rivojlantirishga yordam beradi [1]. BRM mamlakatlarda maʼlumotlarni monitoring qilish va hisobdorlikni kuchaytiradi, bu esa mamlakatlarning turli siyosatlarini dalillarga asoslab takomillashtirishga imkon qiladi. Shuningdek, BRMni milliy strategiyalarga kiritish xalqaro hamkorlik va moliyalashtirishni jalb qilish, hamda investitsiyalarni ijobiy yoʻnalishga yoʻnaltirish uchun platforma hisoblanadi [2].

Files

1.83.pdf

Files (295.3 kB)

Name Size Download all
md5:8f2544b0816ee8c290a9db1b2baac60f
295.3 kB Preview Download