Published October 3, 2025 | Version v1

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI ASOSIY MAKROIQTISODIY KO'RSATGICHLARI O'ZARO BOG'LIQLIGINING KORRELYATSION-REGRESSION TAHLILI

Description

Mazkur maqolada O’zbekiston Respublikasining asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni aniqlash va baholashda korrelatsion-regression tahlil usullaridan foydalanish masalalari yoritilgan. Tadqiqotda yalpi ichki mahsulot (YaIM), inflyatsiya darajasi, Yalpi tashqi qarz miqdori kabi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar tanlab olingan hamda ularning o‘zaro statistik bog‘liqligi aniqlangan. Korrelatsiya koeffitsiyentlari asosida indikatorlar o‘rtasidagi kuchli va zaif bog‘lanishlar tahlil qilingan. Regression model orqali esa bir ko‘rsatkichdagi o‘zgarishning boshqalariga qanday ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan.

Tadqiqot natijalari iqtisodiy siyosatni shakllantirishda, xususan, makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, maqolada statistik dasturlardan foydalanish orqali olingan natijalar asosida amaliy tavsiyalar berilgan. Tadqiqot natijalari O’zbekiston iqtisodiy siyosatini shakllantirishda, prognozlar tuzishda va barqaror rivojlanishni ta’minlashda ilmiy asoslangan yondashuvlarni taklif etishga xizmat qiladi.

Files

17-27.pdf

Files (1.5 MB)

Name Size Download all
md5:55a3103a740a734103f73a5941f83aa8
1.5 MB Preview Download