Published September 26, 2025 | Version v1

AN'ANAVIY VA DASTURIY YO'L BILAN BOSHQARILADIGAN TARMOQLARNING QIYOSIY TAHLILI

Description

Dasturiy ta’minot orqali boshqariladigan tarmoqlar (SDN) texnologiyasi tarmoqni boshqarish vazifalarini sezilarli darajada soddalashtiradi. U murakkab tarmoq konfiguratsiyasi va boshqaruvini dasturlashtiriladigan va moslashuvchan interfeys orqali oson amalga oshirish imkonini beradi. Aksincha, an’anaviy murakkab IP tarmoqlarini boshqarish va nosozliklarni bartaraf etish juda qiyin. An’anaviy tarmoqlarda ma’lumotlar va boshqaruv tekisliklari qurilma dasturiy ta’minotida birlashtirilgan bo‘ladi, SDN da esa ular bir-biridan ajratilgan. Ushbu maqolada an’anaviy tarmoqlar va SDN o‘rtasida qiyosiy o‘rganish amalga oshirildi. Qiyosiy tahlil turli jihatlar - arxitektura, sathlar, protokollar, xavfsizlik, simulyatorlar va ishlab chiqaruvchilar asosida olib borildi. Maqolada, shuningdek, turli SDN kontrollerlari va ularning yuqori hamda pastki sathlar bilan API’lar yordamida o‘zaro aloqasi bayon etilgan. Bundan tashqari, unda SDN arxitekturasi va undagi aloqa protokollari ham yoritilgan.

Files

32-42.pdf

Files (587.5 kB)

Name Size
md5:2301972ca48d92c3b06ffcb4e5ecbc2c
587.5 kB Preview Download