AZOTOBACTER CHROOCOCCUM 44 VA A. BRASILENSE 1-7 BAKTERIYA SHTAMMLARINING OʻSISH JARAYONIGA MIKROELEMENTLAR TA'SIRI
Description
Ushbu tadqiqotda 24, 48, 72 va 96 soat davomida mikroelementlar (Fe²⁺, Zn²⁺, Cu²⁺, Mn²⁺, MoO₄²⁻, Co²⁺, BO₃³⁻) qo’shilmagan oziqa muhitida Azotobacter chroococcum 44 va Azospirillum brasilense 1-7 shtammlarining bakteriya o‘sishiga ta’siri o‘rganildi. Barcha mikroelementlar solingan muhitda A. chroococcum 44 shtammi 24, 48, 72 va 96 soatlarda mos ravishda 1,93×10⁸; 3,88×10⁸; 4,98×10⁸; 5,99×10⁸ KOE/ml ga erishildi. A. brasilense 1-7 shtammida esa 1,83×10⁸; 2,90×10⁸; 3,50×10⁸; 3,90×10⁸ KOE/ml bo’lishi aniqlandi. Fe²⁺, Zn²⁺, Cu²⁺ va BO₃³⁻ elementlari solinmagan oziqa muhitda A. chroococcum 44 bakteriya o‘sishini sezilarli darajada pasaytirdi, ayniqsa 96 soatda. Molibden (MoO₄²⁻) solinmaganda 24 soatlik dinamikasida o‘sish keskin susaygan (≈6,9 marotaba past); Mn²⁺ va Co²⁺ yetishmasligi esa nisbatan sezilarli ta’sir ko‘rsatmadi. A. brasilense 1-7 bakteriyasi ham mikroelementlar solinmagan muxitlarda bakteriyalarning o‘sishini namunaga nisbatan kamaytirishi kuzatildi. Ushbu natijalar A. chroococcum 44 va A. brasilense 1-7 shtammlarining o‘sishi uchun mikroelementlar, xususan Fe, Zn, Cu, Mo va B yetarli darajada ta’minlanishi zarurligini ko‘rsatadi.