Published September 25, 2025
| Version v1
Conference paper
Open
INTERNET REKLAMA TILINING LEKSIK XUSUSIYATLARI: INGLIZ VA O'ZBEK TILLARI MISOLIDA
Authors/Creators
Description
So‘nggi yillarda internet texnologiyalarining jadal rivojlanishi natijasida reklama sohasi ham yangi shakl va vositalarni o‘zlashtirdi. Internet reklama — bu elektron platformalarda tovar va xizmatlarni targ‘ib qilish vositasi bo‘lib, u o‘zining o‘ziga xos leksikasi va uslubiy xususiyatlariga ega. Reklama matnlari tilga katta bosim o‘tkazadi, yangi atamalar, qisqartmalar, ingliz tilidan o‘zlashtirilgan so‘zlar tezda paydo bo‘ladi. Ushbu maqolada ingliz va o‘zbek tillaridagi internet reklama leksikasining tarkibi, o‘ziga xosliklari, tarjima muammolari hamda semantik xususiyatlari tahlil qilinadi.