Published September 25, 2025 | Version v1

INSON ICHAK MIKROBIOTASI VA UNING SOG'LIQDAGI AHAMIYATI

Description

Ushbu maqolada inson ichak mikrobiotasining shakllanishi, tarkibi va uning organizmdagi ahamiyati keng yoritilgan. Tug‘ilishdan boshlab shakllanadigan mikrobiota insonning hayot davomida ovqat hazm qilish, metabolizmni tartibga solish, vitaminlar (K va B guruhi) sintezida ishtirok etadi. Shuningdek, u immun tizimini mustahkamlash, infeksiyalarga qarshi himoya qilish va ichki muhit barqarorligini saqlashda muhim rol o‘ynaydi. Maqolada disbiozning sabablari — antibiotiklarni nazoratsiz qo‘llash, stress, noto‘g‘ri ovqatlanish va infeksiyalar — hamda uning oqibatlari batafsil ko‘rib chiqilgan. Mikrobiotani tiklashning asosiy yo‘llari sifatida probiotiklar, prebiotiklar, sog‘lom ovqatlanish va zamonaviy davolash usullarining ahamiyati tahlil qilingan. Bundan tashqari, ichak mikrobiotasining gastroenterologik kasalliklar, allergiyalar, autoimmun buzilishlar va ruhiy salomatlik bilan bog‘liqligi haqida ilmiy ma’lumotlar keltirilgan.

Files

464-469.pdf

Files (385.0 kB)

Name Size Download all
md5:5c634060640df0e4552a71e059b27391
385.0 kB Preview Download