RAQAMLI MUZEY TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA BO'LAJAK O'QITUVCHILARNING MADANIY-MA'RIFIY KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI
Authors/Creators
Description
Mazkur maqolada raqamli muzey texnologiyalari asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning madaniy-ma’rifiy kompetensiyalarini rivojlantirish masalasi tahlil qilinadi. Madaniy-ma’rifiy kompetensiya — bu shaxsning milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat bilan qarashi, madaniy merosni anglash va uni jamiyat taraqqiyoti uchun targ‘ib qilish qobiliyati hisoblanadi. Bugungi kunda raqamli texnologiyalar muzey pedagogikasining yangi bosqichini shakllantirib, virtual muzeylar, 3D eksponatlar, multimedia dasturlar va onlayn ko‘rgazmalar orqali ta’lim jarayonini boyitmoqda. Maqolada raqamli muzey pedagogikasining nazariy asoslari, uning ta’lim jarayoniga integratsiyasi, xorijiy va milliy tajribalar, istiqbolli yo‘nalishlar va metodik yondashuvlar keng yoritilgan.