Published September 15, 2025 | Version v1
Journal article Open

UMUMTA'LIM MAKTABLARIDA TEXNOLOGIYA FANINI O'QITISHNING NAZARIY-METODIK ASOSLARI

Description

Mazkur maqolada umumta’lim maktablarida texnologiya fanini o‘qitishning nazariy-metodik asoslari keng yoritilgan. Hozirgi zamon ta’lim tizimida texnologiya fanining tutgan o‘rni, uning ta’lim-tarbiya jarayonidagi ahamiyati hamda o‘quvchilarda amaliy va nazariy bilimlarni shakllantirishdagi roli tahlil qilinadi. Shuningdek, texnologiya fanini samarali o‘qitishda metodik yondashuvlar, interfaol usullar, innovatsion texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari chuqur o‘rganilgan. Maqolada milliy va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan metodik ishlanmalar ham o‘z aksini topgan. Tadqiqotda umumta’lim maktablari uchun texnologiya fanini o‘qitish jarayonida yuzaga keladigan muammolar va ularning yechimlari haqida fikr yuritilgan. Muallif texnologiya darslarini o‘quvchilarda mehnatsevarlik, kasbiy qiziqish va mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishda muhim vosita sifatida baholaydi. Ushbu maqola ta’lim jarayonini yanada samarali tashkil etish, metodik ta’minotni kuchaytirish va o‘qituvchilar faoliyatida yangi yondashuvlarni tatbiq etishda ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi.

Files

258-262.pdf

Files (353.4 kB)

Name Size Download all
md5:6ac55ac34e541901fab75729c5326ae5
353.4 kB Preview Download