HUDUDLAR INVESTITSION JOZIBADORLIGI MUAMMOLARI VA ULARNI HAL QILISH YO'LLARI (NAVOIY VILOYATI MISOLIDA)
Description
Ushbu maqolada hududlarning investitsion jozibadorligi masalalari, ularning iqtisodiy rivojlanishga ta’siri va mavjud muammolar ilmiy-nazariy hamda amaliy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqot obyekti sifatida O‘zbekistonning iqtisodiy salohiyati yuqori bo‘lgan hududlaridan biri — Navoiy viloyati tanlandi. Viloyatning tabiiy resurslari, ishlab chiqarish quvvatlari, geostrategik joylashuvi va kadrlar potensiali uning investitsion jozibadorligini belgilovchi asosiy omillar sifatida ko‘rib chiqildi. Shu bilan birga, tadqiqot jarayonida mavjud muammolar – infratuzilmaning yetarli darajada rivojlanmaganligi, energetika va transport-logistika tizimidagi cheklovlar, byurokratik to‘siqlar, moliyalashtirish manbalarining cheklanganligi, innovatsion faoliyatning sustligi va ekologik xatarlar aniqlab berildi. Maqolada ushbu muammolarni hal etish bo‘yicha qator takliflar ilgari surilgan: davlat-xususiy sheriklik asosida infratuzilma modernizatsiyasini jadallashtirish, investitsion jarayonlarda “yagona oynali” tizimni keng joriy etish orqali tartib-taomillarni soddalashtirish, xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni kuchaytirish hamda kichik va o‘rta biznes uchun kredit va grant mexanizmlarini kengaytirish. Shuningdek, viloyat sanoatida innovatsion texnologiyalarni tatbiq etish, ilmiy-tadqiqot muassasalari va ishlab chiqarish korxonalari o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirish hamda ekologik xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan “yashil iqtisodiyot” dasturlarini kengaytirish zarurligi ta’kidlandi.
Files
162-168.pdf
Files
(497.3 kB)
Name | Size | Download all |
---|---|---|
md5:98e7a1d2ed46aac6083d123463f0202b
|
497.3 kB | Preview Download |