Published September 13, 2025 | Version v1

TIBBIY KIMYO VA ORGANIK KIMYONING TIBBIYOTDAGI AHAMYATI.

Description

Tibbiy kimyo   bu tirik organizm tarkibiga kiruvchi moddalarning kimyoviy tarkibi va xususiyatlarini, organik birikmalarning tuzilishi va kimyoviy xossalarni, inson hayotini asosini tashkil etuvchi asosiy biopolimerlar oqsillar, uglevodlar, nuklein kislotalar, lipidlar, fermentlar, vitaminlarning tuzilishi, xossalarini o'rganadigan fandir. Dunyoda tirik organizm bor ekanki, ularning barchasida anorganik va organik birikmalar mavjud. Ular organizmga tashqaridan kirishi mumkin, yoki organizmda sintezlanadi. Tirik organizmlarning har bir hujayrasida minglab turli kimyoviy jarayonlar sodir bo'ladi. Insonning paydo bo'lishi va rivojlanishini kimyosiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Aynan kimyoviy jarayonlar sababli, bizning sayyoramizda, noorganik moddalar va organik birikmalar tufayli mukkammal organizmlar vujudga kelmoqda. Tibbiy kimyo insoniyat rivojlanishida asosiy omil bo'lib hisoblanadi. Zamonaviy tashxis qo’yish moslamalarining jadallik bilan rivojlanishi asab sistemasi, miya, onkologiya, yurak-qon-tomir sistemasi kasalliklarini aniqlash va kasalliklarni oqibatlarini o’rganish uchun imkoniyatlar yaratib bermoqda. Yadro tibbiyotining rivojlanishi bilan tashxis qo’yish zamonaviy tus olib bormoqda, yurak kasalliklarini davolashda, jarohlik operatsiyalarida ham yadro tibbiyotining o’rni katta. Bu yo’nalishda positron-emission tomografiya ( PET ) – yadro tibbiyotining  muhim bir usullaridan biridir.

Files

87-91.pdf

Files (147.8 kB)

Name Size
md5:0fadad184f7853f74de7d8bc79de3cd7
147.8 kB Preview Download

Additional details

References

  • 1. Alimxodjayeva N.T , Tadjiyeva X.S Tibbiy kimyo