O'zbekiston qonunchiligida raqamli transformatsiya jarayonida elektron to'lov kartalarini soxtalashtirishni jinoyatlashtirish
Authors/Creators
Description
Maqolada elektron to‘lov kartalarini soxtalashtirishdan jinoiy-huquqiy himoya masalasi elektron to‘lov kartalari
tushunchasining lingvistik va virtual tavsifi orqali tahlil qilingan. Kredit karta, bankomat kartasi va debet kartasi kabi
kartalarning turlari aniqlanishi bilan birga, tadqiqot elektron to‘lov kartalarini soxtalashtirish jinoyatiga ham e’tibor qaratdi.
Bunda soxtalashtirish tushunchasi va uning shakllari yoritilib, Jinoyat kodeksidagi an’anaviy soxtalashtirish normalarining
elektron soxtalashtirishga nisbatan qo‘llanishidagi huquqiy tafovutlar, hamda O‘zbekiston sud amaliyotining mazkur masalaga
doir qarashlari ko‘rsatib o‘tildi. Tadqiqot shuni xulosaga keltirdiki, elektron to‘lov kartalarini soxtalashtirish jinoyati uchta
elementning mavjudligiga asoslanadi: haqiqatni o‘zgartirishga asoslangan xatti-harakatga oid moddiy element, umumiy va
xususiy niyatlarni ifodalovchi ma’naviy element, hamda zarar yetkazilishi elementining mavjudligi zaruriydir. Shuningdek,
tadqiqotda O‘zbekiston qonunchisi tomonidan soxtalashtirishga duchor bo‘lishi mumkin bo‘lgan hujjat yoki yozuvni aniqlash
va uning turlarini hamda barcha usullarini belgilash, qo‘shimcha ravishda elektron to‘lov kartalarining ta’rifini ishlab chiqish,
uning qoida va tartiblarini tartibga solish va huquqiy himoyasini kuchaytirishga doir takliflar ilgari surildi
Files
46. Maxsadaliyeva Maftuna Toxir qizi.pdf
Files
(2.7 MB)
| Name | Size | Download all |
|---|---|---|
|
md5:cf3e7ecc4f680e8c0816c282c689aee0
|
2.7 MB | Preview Download |