Published September 11, 2025 | Version v1

BANK DEPOZIT OPERATSIYALARI XISOBINI TAKOMILLASHTIRISH

Description

Ushbu maqolada tijorat banklarining depozit operatsiyalari hisobini takomillashtirishning nazariy va amaliy jihatlari batafsil ko‘rib chiqilgan. Depozitlar banklar uchun muhim moliyaviy resurs bo‘lib, ular orqali banklar o‘z likvidligini ta’minlab, iqtisodiyotni rivojlantirishda faol ishtirok etadi. Maqola bank depozit operatsiyalarining bank faoliyatidagi o‘rni va ahamiyatini yoritadi, ularning turlari va jarayonlarini chuqur tahlil qiladi. Shu bilan birga, depozitlar hisobi bilan bog‘liq muhim muammolar, jumladan, depozitlarning diversifikatsiya darajasi pastligi, texnologik jarayonlar samaradorligining yetishmasligi va risklarni boshqarish tizimlarining takomillashtirilishi lozimligi kabi masalalar keltiriladi.

Maqolada tijorat banklarining depozit operatsiyalari hisobini takomillashtirish istiqbollari ham ko‘rib chiqilgan bo‘lib, texnologik yangiliklar, mahsulotlar diversifikatsiyasi va xavfsizlik choralari depozit operatsiyalarining barqarorligini ta'minlashda muhim rol o‘ynashi ta’kidlanadi. Maqolaning yakuniy qismida depozit operatsiyalarini takomillashtirishning amaliy tavsiyalari berilgan bo‘lib, ular banklarning moliyaviy barqarorligini mustahkamlashga qaratilgan.

Files

129-135.pdf

Files (343.9 kB)

Name Size Download all
md5:8b63f88e7a3d05ef8e4bab7378c8f9b5
343.9 kB Preview Download