Published September 6, 2025 | Version v1

XOTIN-QIZLAR BANDLIGI VA DAROMADLILIGINI TA'MINLASHDA "AYOLLAR DAFTARI"NING AHAMIYATINI OSHIRISH

Description

Mazkur maqolada O‘zbekistonda joriy etilgan “Ayollar daftari” tizimining mazmun-mohiyati, uning tashkiliy-huquqiy asoslari hamda xotin-qizlar bandligi va daromadliligini ta’minlashdagi o‘rni keng qamrovda tahlil qilinadi. Xususan, ushbu tizim orqali ayollarning ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari aniqlanib, ularning hayotiy muammolarini hal etish, moddiy qo‘llab-quvvatlash, mehnat bozoriga jalb etish, kasb-hunar o‘rganish imkoniyatlarini kengaytirish va tadbirkorlik faoliyatiga yo‘naltirish orqali iqtisodiy faolligini oshirish jarayoni ilmiy asosda yoritiladi.

Shuningdek, “Ayollar daftari” amaliyotining natijalari, uning xotin-qizlar o‘rtasida bandlik darajasi va daromad manbalarini shakllantirishga qo‘shayotgan hissasi statistik ma’lumotlar asosida tahlil qilinadi. Tizimni amalga oshirishda kuzatilayotgan muammolar — byurokratik to‘siqlar, moliyaviy resurslardan foydalanishdagi cheklovlar va malaka talablariga mos ish o‘rinlarining yetishmasligi masalalari alohida ko‘rib chiqilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi.

Maqola xotin-qizlarning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlash, oilalarning farovonligini oshirish va jamiyatda gender tenglikni kuchaytirish nuqtai nazaridan “Ayollar daftari” tizimining amaliy va nazariy ahamiyatini yanada chuqur ochib beradi.

Files

32-39.pdf

Files (398.1 kB)

Name Size Download all
md5:f7bb8ace3486784543ccc94087608c32
398.1 kB Preview Download