Published September 2, 2025 | Version v1

INTERFAOL MULTIMEDIA ILOVALARI YORDAMIDA MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA E'TIBOR VA XOTIRANI MUSTAHKAMLASH

  • 1. Chirchiq Davlat pedagogika universiteti Maktabgacha ta'lim fakulteti òqituvchisi
  • 2. Chirchiq davlat pedagogika universiteti Maktabgacha ta'lim fakulteti talabalari

Description

Annotatsiya: Bugungi raqamli transformatsiya sharoitida ta’lim jarayoniga zamonaviy texnologiyalarni integratsiyalash maktabgacha ta’lim sohasida ham dolzarb bo‘lib bormoqda. Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning e’tibor va xotira qobiliyatlarini rivojlantirishda interfaol multimedia ilovalari samaradorligi tahlil qilinadi. Interfaol dasturlar bolalarning qiziqishini uyg‘otadi, ularni faol ishtirokga undaydi va o‘yin asosida o‘quv materialini eslab qolishiga xizmat qiladi. Tadqiqotda bolalar psixologiyasi, kognitiv rivojlanish nazariyalari asosida vizual, audial va kinestetik stimullarni birlashtirgan interfaol ilovalarning ta’siri o‘rganiladi. Muallif tomonidan olib borilgan eksperimentlar natijalari bolalarda konsentratsiya, eslab qolish, qoidaga rioya qilish, muammoli vaziyatlarni hal qilish va ijodiy fikrlash ko‘nikmalarining sezilarli darajada oshganini ko‘rsatdi. Shuningdek, maqolada pedagoglar uchun interfaol mashg‘ulot namunasi, vizual materiallar va tavsiyalar taqdim etiladi. Ushbu yondashuv bolalarning nafaqat kognitiv, balki ijtimoiy-emotsional rivojiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Files

To'plam_18-19 iyun_2025 yil.-393-398.pdf

Files (281.3 kB)

Name Size
md5:2be758ec15faf7816c2b9f2c5be85c9a
281.3 kB Preview Download

Additional details

Software

Development Status
Active