Published August 30, 2025 | Version v1
Journal article Open

MONETAR SIYOSAT VOSITALARINING IQTISODIY O'SISHGA TA'SIRI: O'ZBEKISTON VA QOZOG'ISTON MISOLIDA QIYOSIY TAHLILI

Description

Ushbu ilmiy maqolada monetar siyosat vositalarining iqtisodiy o‘sishga ta’siri O‘zbekiston va Qozog‘iston misolida qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqotda so‘ngi yillarda ikki mamlakat markaziy banklari tomonidan qo‘llanilgan asosiy instrumentlar — asosiy stavka, ochiq bozor operatsiyalari, majburiy zaxiralar me’yorlari hamda valyuta bozoridagi amaliyotlar tahlil qilingan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, qisqa muddatda monetar siyosat inflyatsiyani jilovlash va kutilmalarni shakllantirish orqali barqarorlikni ta’minlashga xizmat qilsa, o‘rta va uzoq muddatda foiz kanali, valyuta kursi kanali hamda kreditlash dinamikasi orqali iqtisodiy o‘sishga ta’sir ko‘rsatadi. Qozog‘istonda suzuvchi almashinuv kursi va inflyatsion targetlash rejimi siyosatning samaradorligini oshirgan bo‘lsa-da, Milliy jamg‘arma mablag‘lari orqali amalga oshiriladigan valyuta operatsiyalari monetar uzatish mexanizmlarini zaiflashtirishi mumkin. O‘zbekistonda esa dedollarizatsiya jarayoni va UZONIA indeksining joriy etilishi foiz kanalining kuchayishiga yordam bermoqda, biroq bozor infratuzilmasining hali yetarli darajada rivojlanmaganligi sababli siyosat ta’siri kechikib namoyon bo‘lmoqda. Tadqiqot yakunida monetar siyosat vositalarini iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlash bilan uyg‘unlashtirish bo‘yicha har ikki mamlakat uchun tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Files

393-401.pdf

Files (1.0 MB)

Name Size Download all
md5:e28d75bf14d6084d3a66ac4f263b3dbf
1.0 MB Preview Download