Published August 30, 2025 | Version v1

TASHQI SAVDONI ERKINLASHTIRISH JARAYONIDA MILLIY EKSPORT RAQOBATBARDOSHLIGINING NAZARIY ASOSLARI

Description

Ushbu maqolada raqobat kurashining mazmuni, shakllari va belgilari atroflicha yoritilgan. Raqobat ikki asosiy turga - tarmoq ichidagi va tarmoqlararo raqobatga bo‘linishi ko‘rsatilgan. Tarmoq ichidagi raqobat bir xil tarmoqdagi korxonalar o‘rtasida foyda uchun olib borilsa, tarmoqlararo raqobat turli tarmoqlardagi korxonalar o‘rtasida foydaliroq sohalarga kapital oqimi orqali kechadi. Raqobatning asosiy shakllari sifatida sof raqobat, sof monopoliya, monopolistik raqobat va oligopoliya turlari tahlil qilinadi. Shuningdek, monopollashuv darajasiga qarab turli raqobat ko‘rinishlari va halol hamda g‘irrom raqobat usullari farqlanadi. Raqobat narx vositasida yoki narxsiz vositalar bilan olib borilishi mumkinligi, narxlar jangi, mahsulot sifati, servis xizmati kabi omillar muhim ekani ko‘rsatilgan. M.Porterning besh kuch modeli asosida raqobatga ta’sir etuvchi omillar - mavjud raqiblar, yangi kiruvchilar, o‘rinbosar mahsulotlar, yetkazib beruvchilar va xaridorlarning ta’siri tahlil qilinadi.

Files

998-1005.pdf

Files (256.2 kB)

Name Size
md5:30f89227f94886b62a7e593b1d97bd84
256.2 kB Preview Download