IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHDA JAHON SAVDO TASHKILOTINING O'RNI
Authors/Creators
Description
Maqolada xalqaro iqtisodiy munosabatlarning eng rivojlangan shakli sifatida tashqi savdoning ahamiyati va roli yoritilgan. Jahon iqtisodiyotida tashqi savdoning ulushi 75–80 foizni tashkil etishi qayd etilib, uning mamlakatlar iqtisodiy taraqqiyotidagi o‘rni ta’kidlangan. Adam Smitning mutlaq ustunlik nazariyasi, D. Rikardoning nisbiy ustunlik konsepsiyasi, J.S. Millning xalqaro narx nazariyasi, Xeksher-Olin modeli, V. Leontev paradoksi kabi nazariy qarashlar asosida xalqaro savdoning rivojlanish bosqichlari ilmiy tahlil etilgan. Shuningdek, xalqaro savdo erkinlashtirilishi, proteksionizm siyosati va savdo-iqtisodiy bloklarning shakllanishi jarayonlari o‘rganilgan. Jahon savdosida Yevropa Ittifoqi, NAFTA, ATES, MERCOSUR kabi yirik mintaqaviy integratsion tuzilmalar faoliyati ko‘rib chiqilgan. GATT va uning o‘rnini egallagan Jahon savdo tashkilotining (JST) savdoni tartibga solishdagi huquqiy va iqtisodiy mexanizmlari tahlil qilinib, O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayonlari ham alohida yoritilgan..