Published August 27, 2025 | Version v1

MUZEY PEDAGOGIKASI VOSITASIDA TALABALARNI TURIZM FAOLIYATIGA TAYYORLASHNING PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI

Description

Mazkur maqolada muzey pedagogikasining imkoniyatlari orqali talabalarda turizmga oid kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirish va ularni turizm faoliyatiga tayyorlashning pedagogik shart-sharoitlari tahlil qilinadi. Muzeylar o‘quv-tarbiya jarayonining boy resursi sifatida qaralib, talabalarda tarixiy-madaniy merosga nisbatan hurmat, milliy o‘zlikni anglash, estetik dunyoqarash va kommunikativ ko‘nikmalarni rivojlantirish vositasi sifatida xizmat qiladi. Tadqiqotda muzey muhitidan foydalanish metodlari, interaktiv ta’lim texnologiyalari, ko‘rgazmalar asosida integratsiyalashgan darslarni tashkil etish va sayohat-ma’rifiy loyihalarni amalga oshirish orqali talabalarni turizm faoliyatiga samarali tayyorlash yo‘llari ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, pedagogik shart-sharoitlar sifatida muzeylar bilan hamkorlik, zamonaviy pedagogik yondashuvlardan foydalanish, talabalarning amaliyotga yo‘naltirilgan ta’lim olishini ta’minlash kabi omillar aniqlangan.

Files

167-172-Ubaydullayev Saidakbar Saydaliyevich.pdf

Files (730.2 kB)

Name Size
md5:5609cbd07d0c856be1a002d2d7ac040e
730.2 kB Preview Download