Published August 19, 2025 | Version v1

OʻZBEKISTON TIJORAT BANKLARIDA KOʻLAM QAYTIMI DINAMIKASI VA UNING SAMARADORLIK BILAN OʻZARO BOGʻLIQLIGI

Authors/Creators

Description

Ushbu maqola Oʻzbekiston tijorat banklarida koʻlam qaytimi (returns to scale) koʻrsatkichini tahlil qilishga bagʻishlangan. Koʻlam qaytimi bank hajmining ortishi natijasida xarajatlar samaradorligi va ishlab chiqarish hajmidagi oʻzgarishlarni baholash imkonini beradi. Tadqiqotda 1999–2023-yillarda tijorat banklarining yillik maʼlumotlari asosida translog xarajat funksiyasi yordamida koʻlam qaytimi hisoblab chiqildi. Natijalar xususiy banklardan tashqari barcha mulkchilik shakllarida oʻsuvchi koʻlam qaytimi mavjudligini koʻrsatdi. Xususiy banklarda esa tahlil davrida asosan oʻzgarmas yoki kamayuvchi koʻlam qaytimi kuzatildi. Panel VAR tahlili natijalari xarajat samaradorligi va koʻlam qaytimi oʻrtasida ikki tomonlama Granger sababiylik mavjudligini aniqladi. Tadqiqot xulosalari bank boshqaruvi va tartibga solishda optimal hajmni belgilash, tizimli risklarni kamaytirish hamda raqamli transformatsiya imkoniyatlaridan samarali foydalanish boʻyicha tavsiyalarni oʻz ichiga oladi.

Files

Sh.Xannayev+-+MPK+-+№6+-+212-220+b..pdf

Files (1.7 MB)

Name Size
md5:9ee317262d9093feae231dade6361923
1.7 MB Preview Download