O'ZBEKISTONDA TIBBIY SUG'URTASI JORIY ETILISHINING TAJRIBALI BOSQICHLARI VA AMALIY NATIJALARI
Authors/Creators
Description
Mazkur tadqiqotda O‘zbekistonda tibbiy sug‘urtani joriy etishning tajribali bosqichlari va ularning amaliy natijalari tahlil qilinadi. Islohotlar jarayoni doirasida tibbiy sug‘urta tizimini shakllantirish bo‘yicha huquqiy-me’yoriy baza yaratilishi, moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiya qilish, sog‘liqni saqlash muassasalarida xizmat sifati va shaffoflikni oshirish kabi chora-tadbirlar bosqichma-bosqich amalga oshirilgan. Tadqiqotda tajriba hududlarida joriy etilgan tibbiy sug‘urta mexanizmlari, aholi qamrovi, sug‘urta mukofotlari va to‘lovlarining dinamikasi, shuningdek, sog‘liqni saqlash tizimiga bo‘lgan ijtimoiy ishonch darajasiga ta’siri baholangan.