Published August 11, 2025 | Version v1
Publication Open

«BANKLARDA ASOSIY VOSITALAR HISOBI VA AUDITINI TAKOMILLASHTIRISH»

Authors/Creators

Description

Ushbu ilmiy ish tijorat banklarida asosiy vositalar hisobi va auditini zamonaviy talablar asosida takomillashtirish masalalarini yoritadi. Tadqiqotda asosiy vositalarni dastlabki baholash, eskirishni hisoblash, qayta baholash jarayonlari hamda amortizatsiya siyosatini optimallashtirishning xalqaro va milliy me’yoriy-huquqiy asoslari tahlil qilinadi. Shuningdek, asosiy vositalar auditining mazmuni, ularni inventarizatsiya qilish, foydalanish samaradorligini aniqlash va hisob ma’lumotlarining ishonchliligini tekshirish usullari o‘rganiladi. Xalqaro moliyaviy hisobot standartlari (IFRS) talablariga moslashtirish, raqamli texnologiyalar asosida audit jarayonini avtomatlashtirish va aktivlarning bozor qiymatini aniqlash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqiladi. Natijalar asosida asosiy vositalar hisobi va auditini takomillashtirish banklarning moliyaviy barqarorligi, shaffofligi hamda investorlar ishonchini oshirishga xizmat qilishi ko‘rsatiladi.

Files

DPTMS 1105.pdf

Files (629.6 kB)

Name Size Download all
md5:872a130be87a9e86c4f0dfcf36e86516
629.6 kB Preview Download