TIJORAT BANKLARI TOMONIDAN TADBIRKORLIK SUBYEKTLARINI KREDITLASH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH (ANORBANK AJ MISOLIDA)
Description
Mazkur maqolada O‘zbekiston tijorat banklarining, xususan, Anorbank AJ misolida tadbirkorlik subyektlarini kreditlash tizimidagi amaliyotlari, ularning samaradorligi va mavjud muammolari chuqur tahlil qilinadi. Tahlillar asosida kreditlash jarayonida uchrayotgan asosiy to‘siqlar, garov ta’minotiga bo‘lgan yuqori talablar, kredit tarixi va foiz stavkalarining biznes rivojiga ta’siri o‘rganiladi. Shuningdek, bankning raqamli kreditlash xizmatlarini joriy etish, imtiyozli kredit liniyalarini kengaytirish, moliyaviy savodxonlikni oshirish orqali tadbirkorlikni moliyalashtirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi.
Maqola natijalari Anorbank AJning amaliy faoliyatini rivojlantirish hamda O‘zbekiston bank tizimida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishonchli ilmiy va amaliy manba bo‘lib xizmat qiladi.
Files
123-129.pdf
Files
(347.1 kB)
| Name | Size | Download all |
|---|---|---|
|
md5:86ca35117180d3a40c1b2819924d1cf6
|
347.1 kB | Preview Download |