Published August 7, 2025 | Version v1
Journal article Open

TO'R PARDASINING (RETINA) QATLAMLARI VA FOTORETSEPTORLAR TUZILISHI

Description

Ushbu ilmiy maqolada ko‘zning asosiy sezuvchi qismi — retina (to‘r parda)ning gistologik tuzilishi va har bir qatlamning ko‘rish jarayonidagi funksional ahamiyati yoritilgan. Retina 10 ta qatlamdan tashkil topgan bo‘lib, har bir qatlamda maxsus morfologik tuzilma va funksional hujayralar mavjud. Fotoretseptorlar (tayanch rod va konuslar), bipolar va ganglion hujayralar, pigment epiteliysi, neyroglial elementlar ko‘rishning boshlang‘ich bosqichida yorug‘lik signallarini qabul qilish, uzatish va qayta ishlashda asosiy rol o‘ynaydi.

Maqolada shuningdek, retina qatlamlarining o‘zaro integratsiyasi, ularning patologik holatlar — masalan, diabetik retinopatiya, glaukoma va retina degeneratsiyalari bilan bog‘liqligi ham tahlil qilingan. Retina gistologiyasini chuqur o‘rganish oftalmologik kasalliklarni erta aniqlash va samarali davolashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Files

88-92.pdf

Files (872.4 kB)

Name Size Download all
md5:1e5d2d280424c2853420721451bc9c62
872.4 kB Preview Download