SAYFIDDIN QUTUZ: SO'NGGI XORAZMSHOHNING MO'G'ULLARGA QARSHI ZAFARI
Authors/Creators
Description
Anushtegin Xorazmshohlar sulolasi islom olamida muhim o‘rin egallagan davlat sifatida tarixda o‘z izini qoldirgan. Ushbu sulola vakillaridan bo‘lgan Sayfiddin Qutuz, Jaloliddin Manguberdining jiyani sifatida, nafaqat Sharq, balki butun islom olami tarixida muhim shaxs sifatida e’tirof etiladi. Mo‘g‘ullar bosqini natijasida asirlik, qullik va og‘ir sinovlardan o‘tgan Qutuz, Misr mamluklar sultonligida taxtni egallab, mo‘g‘ullarga qarshi tarixiy g‘alabaga erishdi. Ushbu maqola Sayfiddin Qutuzning hayoti, uning Misr taxtiga kelishi, mo‘g‘ullarga qarshi olib borgan janglari va islom olamini himoya qilishdagi ulkan xizmatlarini yoritadi. Maqolada Qutuzning hayot yo‘li, mamluklar sultonligidagi siyosiy shart-sharoitlar va Ayn Jalut jangidagi strategik muvaffaqiyati tahlil qilinadi.