Published August 1, 2025 | Version v1
Journal article Open

YASHIL MAKON MILLIY LOYIHASINI MOLIYALASHTIRISH SAMARADORLIGINI TA'MINLASH MASALALARI

Description

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan “Yashil makon” milliy loyihasining moliyalashtirish tizimi chuqur tahlil qilinadi. Mazkur loyiha mamlakat ekologik muhitini yaxshilash, iqlim o‘zgarishining salbiy oqibatlarini kamaytirish hamda aholining yashash sifati va sog‘lom turmush tarzini ta'minlashda muhim strategik ahamiyat kasb etadi. Loyihani izchil amalga oshirish va uning uzoq muddatli barqarorligini ta'minlash bevosita samarali moliyaviy mexanizmlarning mavjudligi va ularning to‘g‘ri ishlashiga bog‘liqdir.

Maqolada loyiha doirasida jalb qilinayotgan moliyaviy manbalar — davlat byudjeti mablag‘lari, mahalliy hokimliklar resurslari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar homiylik yordamlari, xalqaro grantlar va kreditlar, shuningdek, fuqarolik jamiyati ishtirokining amaldagi salmog‘i tahlil qilinadi. Moliyalashtirish samaradorligini oshirishda yuzaga kelayotgan muammolar — resurslarning yetishmasligi, moliyaviy oqimlarning nomutanosib taqsimlanishi, monitoring va hisobot tizimidagi kamchiliklar, budjetga yuklama kabi jihatlar yoritiladi.

Files

644-652.pdf

Files (960.7 kB)

Name Size Download all
md5:fa93cffe8bcf44d0a2824a3f56edd589
960.7 kB Preview Download