Published July 27, 2025 | Version v1
Journal article Open

BANKLARDA ELEKTRON PULLAR HISOBI VA AUDITINI TAKOMILLASHTIRISH

Description

Ushbu maqolada banklarda elektron pullar bilan bog‘liq buxgalteriya hisobini yuritish va ularni audit qilish tizimining zamonaviy talablar asosida takomillashtirish masalalari tahlil qilingan. Raqamli iqtisodiyot rivojlanishi sharoitida elektron pullar bank amaliyotining ajralmas qismiga aylanib bormoqda. Shu bois ularni hisobga olishda xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga (XMS) muvofiq yondashuvlar zarur bo‘lib bormoqda.

Maqolada O‘zbekiston banklarida elektron pul operatsiyalarining buxgalteriya yozuvlari, ichki nazorat tizimi va tashqi audit jarayonlari chuqur o‘rganilgan hamda mavjud muammolar va yechim yo‘llari aniq ko‘rsatib berilgan. Xususan, elektron pul operatsiyalarining avtomatlashtirilgan nazorat mexanizmlarini kuchaytirish, raqamli audit vositalarini joriy etish va buxgalteriya hisobotini real vaqt rejimida yuritish kabi takliflar ilgari surilgan. Xalqaro amaliyotlar asosida solishtirma tahlillar o‘tkazilib, O‘zbekistonda ushbu sohani rivojlantirishga qaratilgan konseptual tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Files

540-548.pdf

Files (404.8 kB)

Name Size Download all
md5:ccce081b311faf7d737974b5776b4b4a
404.8 kB Preview Download