Published July 5, 2025 | Version v1

ZAMONAVIY JURNALISTIKADA NEYTRALLIK VA OBYEKTIVLIK TUSHUNCHALARINING TARIXIY SHAKLLANISHI

Description

Mazkur maqolada zamonaviy jurnalistikada neytrallik va obyektivlik tushunchalarining shakllanish jarayoni, ularning tarixiy ildizlari hamda turli siyosiy va madaniy kontekstlardagi talqini yoritilgan. G‘arb va postsovet makonida jurnalistik etikaga bo‘lgan yondashuvlar taqqoslanadi. Neytral va obyektiv til vositalarining jurnalistika taraqqiyotiga ta’siri tahlil qilinadi. Jurnalistikaning asosiy maqsadi – jamiyatga haqqoniy va ishonchli axborot yetkazishdir. Bu jarayonda neytrallik va obyektivlik eng muhim etik tamoyillar sifatida maydonga chiqadi. Ular jurnalistikaning ishonchliligini ta'minlaydi, omma fikriga ta’sir qiladi va ijtimoiy ongni shakllantiradi. Ammo bu tushunchalar zamonaviy jurnalistikaga xos bo‘lib qolmay, ularning tarixiy ildizlari mavjud. Ushbu maqola aynan shu tushunchalarning shakllanishi va o‘zgarishlarini tahlil qilishga bag‘ishlanadi.

Files

192-195.pdf

Files (234.2 kB)

Name Size
md5:b98890a7220e85c09d98f094d3fe11fe
234.2 kB Preview Download