Published July 24, 2025 | Version v1
Journal article Open

TIJORAT BANKLARIDA AKTIVLAR VA ULAR BO'YICHA ZAXIRALAR SHAKLLANTIRISH HAMDA HISOBINI TAKOMILLASHTIRISH

Description

Mazkur maqolada tijorat banklari balansida aks ettiriladigan aktivlar va ular bo‘yicha zaxiralar (proviziyalar) shakllantirish amaliyoti chuqur tahlil qilinadi. Aktivlar sifati banklarning moliyaviy barqarorligi, likvidligi va daromadliligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.

Shu sababli, risk darajasiga mos holda zaxiralar yaratish va ularni buxgalteriya hisobida to‘g‘ri aks ettirish bank faoliyatining asosiy moliyaviy boshqaruv mexanizmlaridan biri hisoblanadi. Maqolada mavjud amaliyotlar xalqaro moliyaviy hisobot standartlari (IFRS 9) bilan taqqoslab o‘rganiladi, shuningdek, aktivlarni tasniflash, kredit riskini baholash va yo‘qotish ehtimollarini aniqlash bo‘yicha zamonaviy yondashuvlar bayon etiladi. Yakunda, O‘zbekistondagi bank amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha konseptual takliflar ishlab chiqilgan.

Files

516-523.pdf

Files (419.4 kB)

Name Size Download all
md5:1f3e80548e1c63ce10ba7934883e8a31
419.4 kB Preview Download