KASBIY FAOLIYAT VA SHAXSNING O'ZARO BOG'LIQLIGI
Description
Mazkur maqolada kasbiy faoliyat va shaxsning o‘zaro bog‘liqligi masalasi ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Kasbiy faoliyat inson hayotining muhim tarkibiy qismi sifatida nafaqat iqtisodiy barqarorlikni, balki shaxsning o‘zini anglash, rivojlanish va ijtimoiy o‘rnini topish jarayoniga ham bevosita ta’sir ko‘rsatishi yoritib berilgan. Shaxsning psixologik xususiyatlari, qiziqishlari, qobiliyatlari va qadriyatlari uning kasbiy faoliyatdagi muvaffaqiyatini belgilovchi asosiy omillar sifatida ko‘rib chiqiladi. Maqolada kasb tanlash, kasbiy moslik va kasbiy o‘zini o‘zi anglash jarayonlarining shaxs rivojiga ta’siri, shuningdek, kasbiy faoliyatning shaxsda ijtimoiy mas’uliyat, motivatsiya va ijobiy xulq-atvor shakllanishiga qanday ta’sir qilishi tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari kasbiy tarbiya va kasbga yo‘naltirish ishlarini samarali tashkil etishda foydali bo‘lishi mumkin.
Files
418-421.pdf
Files
(305.7 kB)
Name | Size | Download all |
---|---|---|
md5:f9fb1da6ad287c8752876d0801670191
|
305.7 kB | Preview Download |