Published July 15, 2025 | Version v1
Journal article Open

TIJORAT BANKLARI KREDITLARNING AHOLI BANDLIGIGA VA IQTISODIY O'SISHGA TA'SIRI ("HAMKORBANK" ATB MISOLIDA)

Description

Mamlakatda iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi farovonligini oshirishda tijorat banklari tomonidan ajratilayotgan kreditlarning roli tobora ortib bormoqda. Ushbu ilmiy maqola “Hamkorbank” ATB misolida tijorat banklarining kredit siyosatining aholi bandligiga va iqtisodiy o‘sishga ko‘rsatgan ta’sirini chuqur tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda so‘ngi yillarda “Hamkorbank” tomonidan turli soha va yo‘nalishlarga ajratilgan kreditlar hajmi, ularning tarkibiy tuzilmasi va makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarga (yalpi ichki mahsulot, bandlik darajasi) ta’siri o‘rganildi. Empirik tahlil natijalari shuni ko‘rsatdiki, bank kreditlari hajmining oshishi bilan aholi bandligi darajasi va iqtisodiy faollik o‘rtasida yuqori ijobiy korrelyatsiya mavjud. Kreditlar ayniqsa kichik biznes, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi sektorlarida samaradorlikni oshirgan, minglab yangi ish o‘rinlari yaratilishiga sabab bo‘lgan. Regressiya modeli orqali kreditlar hajmining iqtisodiy o‘sishga bevosita ta’sir ko‘rsatayotgani asoslab berilgan.

Files

373-380.pdf

Files (432.3 kB)

Name Size Download all
md5:c7b600bb616f0aa7c7f46c5a405117d3
432.3 kB Preview Download