Published July 13, 2025 | Version v1
Journal article Open

GEPATOTOKSIK DORILAR (AMIODARON, ISONIAZID, RIFAMPITSIN) VA ULARNI XAVFSIZ QO'LLASH STRATEGIYASI

  • 1. Samarqand davlat tibbiyot universiteti, 2-son Davolash ishi fakultetining 5-bosqich talabasi.
  • 2. Samarqand davlat tibbiyot universiteti, Tibbiy profilaktika, jamoat salomatligi va tibbiy biologiya fakulteti 2-kurs talabasi.
  • 3. Samarqand davlat tibbiyot universiteti, 1-son ichki kasalliklar kafedrasi dotsenti, PhD Samarqand, O'zbekiston

Description

Gepatotoksik dorilar — klinik amaliyotda keng qo‘llaniladigan, ammo jigar faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan farmakologik vositalar hisoblanadi. Ular orasida Amiodaron, Isoniazid va Rifampitsin ayniqsa alohida o‘rin tutadi. Ushbu maqolada ushbu dorilarning gepatotoksiklik mexanizmlari, xavf omillari va klinik ko‘rinishlari chuqur tahlil qilinadi. Amiodaronning lipidlarda eruvchanligi va jigar to‘qimalarida to‘planish xususiyati uning sekin rivojlanadigan, ammo potensial xavfli gepatotoksik ta’sirini keltirib chiqaradi. Isoniazid esa silga qarshi birinchi qatordagi dori sifatida yuqori terapevtik ahamiyatga ega bo‘lsa-da, genetik, yoshga oid va yondosh kasalliklar bilan bog‘liq risklar sababli gepatitga olib kelishi mumkin. Rifampitsin esa ferment induktorligi orqali boshqa dorilarning metabolizmini o‘zgartirib, gepatotoksiklik xavfini yanada oshiradi. Maqolada ushbu dorilarning xavfsiz qo‘llanishi uchun zarur bo‘lgan profilaktik chora-tadbirlar, laborator monitoringning roli, individual yondashuv va gepatoprotektiv vositalar qo‘llanilishi bo‘yicha ilmiy asoslangan strategiyalar yoritilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, ushbu dori vositalarini ratsional va nazorat ostida qo‘llash orqali ularning salbiy ta’sirlarini minimal darajaga tushirish mumkin

Files

220_228_Fazliddinov_Janobiddin_Zaynobiddin_o‘g‘li_Pardayev_Musobek.pdf

Files (919.2 kB)

Additional details

References