Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarini kasbiy-kreativ kompetensiyalarini rivojlantrishning o'ziga xos xususiyatlar
Authors/Creators
Description
Innovatsion-kreativlikka asoslangan ta’lim tizimi jamiyat rivojlanishini amalga oshirishning samarali vositasidir.
Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida kreativlikni rivojlantirish omillari ta’sirini baholash, ijodkorlikka asoslangan
ta’limiy faoliyatni tashkil etishning metodik tizimini takomillashtirish, kreativlikka asoslangan pedagogik texnologiyalarni
ishlab chiqish dolzarblik kasb etmoqda. Boshlang‘ich ta’limga bunday yondashuv shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim strategiyasi
talablariga mos ravishda bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy ko‘nikmalarini shakllantirish, ijodiy qobiliyatni
rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlarini aniqlashtirish alohida dolzarblik kasb etishini ko‘rsatadi. Shu nuqtai
nazardan, maqolada kasbiy kreativlik tushunchasining mohiyati yoritilgan hamda bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining
kasbiy-kreativlik kompetensiyasini rivojlantirishning o‘ziga xos xususiyatlari bayon etilgan